So’nggi yangiliklar

09:03Sofascore. Шомуродов кечаги учрашув учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:32Дана Уайт Хоакин Баклининг қўл беришдан бош тортгани ҳақида: "Уни ҳайдашни айтдим" 0 08:01Жаҳон чемпионатида илк йўқотиш. Ҳакамлар мексикаликнинг ғалабасини таъминлашди 0 19:56"Бировнинг нарсаси керак эмас, ўзимникини эса бермайман!" Пётр Ян Двалишвили билан трилогияга тайёргарликни якунлади 0 19:25Моуриньо: "Реал" таркиби мени тўлиқ қониқтиради" 0 18:54ММА ҳамжамиятининг Мэлотт - Бакли жангидаги нокаутга муносабати: "Капа олти метр нарига учиб кетди" 0 18:23Ўзбекистон 2027 йилги Жаҳон кубоклари учун иккита йўлланмага эга бўлди! 0 17:52UFC Fight Night 291 турнири нокаутлар бўйича Лига рекордини такрорлади 0 17:21Лионель Месси бугунги ўйинда қайд этган дублига муносабат билдирди 0 16:50Умар Кремлёв: "Боксчилар ҳеч нарсага муҳтож бўлмасликлари учун шароит қиламиз" 0 16:19RCC x Karate Combat: Хамзин Космони енгди, "Белаз" Дуглас Лимани бўғиб қўйди 0 15:48Бакли Мэлоттдан қабул қилиб олган бугунги нокаутли мағлубияти ҳақида гапирди 0 15:17Мареска АПЛ рекордини ўрнатди 0 14:46Бугун уч нафар боксчимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлайди 0 14:15Мадримовнинг вазнидаги Фундора WBC чемпионлик камарини ҳимоя қилди 0

05 fev 12:05
Yangiliklar

Dzyudo

CHirchiqda "Toshkent viloyati hokim kubogi" musobaqasi o'tkazildi

CHirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida dzyudo bo'yicha kichik o'smirlar o'rtasida “Yangi O'zbekiston – Olimpiya cho'qqilari” sport musobaqalari doirasida “Viloyat hokimi kubogi” bo'lib o'tdi.

Musobaqaning tantanali ochilish va taqdirlash marosimi tashkil etilib, unda Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, CHirchiq OPSTTM direktori Ravshan Gafurov, CHirchiq shahar sport maktabi direktori Suhrob Sultonov va Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi direktori Doniyor Yusupov ishtirok etdi.  

Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlaridan kelgan 200 nafardan ziyod yosh dzyudochilar kun davomida g'oliblik uchun bor mahoratlarini namoyish etishdi. Murosasiz bellashuvlarda Lazzat Ergasheva (33 kg. Parkent t.), Perizat Gauxarova (44 kg. Bo'stonliq t.), Mohinur Eshqobilova (52 kg. Ohangaron t.), Asadbek Ahmadjonov (46 kg. CHirchiq sh.), Avazbek Haydarov (66 kg. CHOPSTTM), Umidjon Abduqodirov (73 kg. Angren sh.) singari o'g'il-qizlar o'z vazn toifalarida g'oliblikka erishdi.

Musobaqa yakunlangach, barcha g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

— Mazkur musobaqa o'z o'rnida yosh iqtidorlarni saralash vazifasini o'tab berishi bilan ham ahamiyatli bo'ldi,  — deydi dzyudo bo'yicha Toshkent viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi Avazbek Korganov. — Ortda qolgan 2025 yilda shogirdlarimiz bilan birgalikda mamlakat miqyosidagi  musobaqalarida ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni egallashga muvaffaq bo'lgan edik. Bu yilgi maqsadimiz ham "Yangi O'zbekiston olimpiya cho'qqilari" musobaqasining final bosqichida, Respublika chempionatlarida g'oliblar qatoridan joy olib, dzyudo bo'yicha milliy terma jamoalar safiga shogirdlarimizni ishtirokini taminlash bo'ladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing