So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

05 dek 18:16
Yangiliklar

SHaxmat

CHiroqchida “Hokim Kubogi” musobaqasi o'tkazildi + FOTO

Teglar :  SHaxmatHokim kubogi
CHiroqchi tumanidagi bolalar-o'smirlar maktabida shaxmat bo'yicha 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar o'rtasida “Hokim Kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar orasida, mahalla, olis qishloq-ovullarda istiqomat qilayotgan aholi orasida sportni keng targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzini yanada shakllantirish, istedodli sportchi-yoshlarni erta aniqlash  maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida bo'lgani kabi Qashqadaryo viloyatning har bir tuman va shaharlarida ham sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etilmoqda. 

Xususan, viloyatning CHiroqchi tumanida ham mazkur jarayonlarga alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan, CHiroqchi tumanidagi bolalar-o'smirlar maktabida shaxmat bo'yicha 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar o'rtasida “Hokim kubogi” bellashuvlari bo'lib o'tdi. 

CHiroqchi tuman hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tuman xalq talimi bo'limi va boshqa hamkor tashkilotlar ko'magida tashkil etilgan ushbu bellashuvlarda 100 nafardan ortiq havaskor shaxmatchilar ishtirok etishdi. 

Musabaqaning yakuniy natijalariga ko'ra xotin-qizlar o'rtasida Xolida Nomozova barcha raqiblarini engib, birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Erkaklar o'rtasida esa Davron SHaripovga teng keladigani topilmadi va g'oliblikni tantana qildi. 

Musobaqa yakuniga etgach taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida ishtirok etgan CHiroqchi tuman hokimi Xurram Jo'raev g'olib va sovrindorlarga kubok, medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alarini topshirdi. 

Aytij joiz, bugun va ertaga tumanda yana belgilangan dasturga muvofiq, sportning uloq-ko'pkari hamda belbog'li kurash turlari bo'yicha ham “Hokim kubogi” musobaqalari o'tkaziladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing