17 apr 13:25
Yangiliklar
Tennis

CHorich faoliyatidagi ilk titulga Marokashda ega chiqdi
Serbiyalik tennischi Borna CHorich ATP toifasiga kiruvchi turnirlardagi ilk titulini qo'lga kiritdi.
CHorich hal qiluvchi final uchrashuvida germaniyalik Filipp Kolshrayberni mag'lubiyatga uchratdi. Ikki soatu 40 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 79-o'rinni egallab turgan CHorich 32-raketka bo'lgan raqibidan 5:7, 7:6(3), 7:5 hisobida ustun keldi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok serb tennischisiga 85,945 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar