18 apr 08:40
Yangiliklar
Cicipas Monte-Karlo "Masters"da chempionlik unvonini himoya qildi
Finalda jahonning beshinchi raketkasi, greciyalik Stefanos Cicipas ATR reytingida 46-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokinaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 37 daqiqa davom etgan uchrashuvda musobaqaning amaldagi chempioni Cicipas raqibinini 6/3, 7/6 hisobida mag'lub etib, yana bir bor ushbu turnir chempioniga aylandi.
Alexandro Fokina esa hech kim kutmagan holatda finalga qadar etib kela oldi. Yodinizda bo'lsa, tennischi ilk davra uchrashuvida sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovichni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
O'yin davomida 23 yoshli Cicipas uchta eys zarbasini amalga oshirib, to'pni o'yinga kiritishda bir marta xatoga yo'l qo'ydi va to'rtta breyk-poynt qayd etdi, 22 yoshli Fokina esa bir marta eys amalga oshirib, bitta qo'sh xatoga yo'l qo'ydi va uchta breyk qayd etdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob greciyalik tennischi foydasiga 3:0 ko'rinishiga keldi.
Monte-Karlodagi muvaffaqiyatli ishtirok Cicipasga 1000 reyting ochkosi hamda 836 335 evro mukofot puli taqdim etdi.
Fikrlar