22 okt 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21238_220.jpg)
Cobiq hamyurtimiz Oleg Maskaev ringga qaytmoqchi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oleg Maskaev yana professional boksga qaytmoqchi.
Avvaliga O'zbekiston sharafini himoya qilgan va xatto katta natijalarga erishgan, keyinchalik Rossiya fuqaroligini olgan bokschi qishda jang qilishga ham tayyor.
"Men shug'ullanyapman va istalgan payt jangga tayyorgarlikni boshlab yuborishim mumkin. Muzokaralar ketmoqda va yaqin orada jang masalasida aniq javob bo'ladi. Qishda jang qilishni istayman, keyingi yilning boshida", - deydi Maskaev.
Eslatib o'tamiz, Maskaev so'nggi marotaba 2013 yilda jang qilgan va o'shanda ochkolar hisobiga Denni Uilyamsni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar