06 fev 14:53
Yangiliklar

Cobiq UFC chempioni Dominik Kruz ham safdan chiqdi
UFC Fight Night 252 turniri kardidan o'rin olgan Dominik "Dominator" Kruz ishtirokidagi jang bekor bo'ldi. Amerikalik 39 yoshli aralash yakkakurash ustasi vatandoshi Rob Fontga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Bunga Kruzning mashg'ulotda jarohat orttirib olgani sabab bo'ldi.
Matchmeykerlar Fontga yangi raqib izlashni boshlab yuborishgan. Ularni Robni kardda olib qolishni maqsad qilishgan. Sobiq UFC chempioni Dominik Kruz so'nggi jangini 2022 yilning avgust oyida Marlon Veraga qarshi o'tkazib, to'rtinchi raundda nokautga uchragan eli. Ungacha u Keysi Kenni va Pedro Munozdan ustun kelgandi.
Eslatib o'tamiz, UFC Fight Night 252 turnirining markaziy jangi o'ta engil vazn toifasida sobiq uchtalik chempion Genri Sexudo hamda Song Yadong o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar