So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

22 avg 08:27
Yangiliklar

Futbol

Coca Cola Superliga. Bugun "Navbahor" - "Mashal" va yana ikkita o'yin bor

Bugun Coca Cola Superligada 11-turning so'nggi 3ta o'yin bo'lib o'tadi.

Coca Cola Superliga. 11-tur
NAVBAHOR – MASH'AL
22 avgust 2020 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:30 (Sport TV LIVE)
Hakamlar:
Vadim Agishev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Zohid Akramov

Bu jamoalar hozirga qadar 34 bor o'zaro o'yin o'tkazishgan. 14 marta "Mashal", 13 marta "Navbahor" g'olib bo'lgan. Qolgan 7ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Klublar O'zbekiston chempionatida so'nggi bor 2017 yilda to'qnash kelishgandi. O'sha mavsum qaysi jamoa o'z maydonida o'ynasa o'sha g'olib bo'lgan.

"Mashal" ikkita o'yindan buyon yutqazmayapti va o'z darvozasiga gol o'tkazgani yo'q. "Navbahor"ning ham mag'lubiyatsiz seriyasi ikkita o'yinga etdi.


BUXORO – SURXON
22 avgust 2020 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 18:30 (Dunyo Bo'ylab TV LIVE)
Hakamlar: 
Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: Oybek Yunusov

Ushbu ikki klub O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 26 bor o'zaro o'yin o'tkazishgan. 15 ta uchrashuvda "Buxoro", 7 ta o'yinda "Surxon" zafar quchgan. Yana 4 ta uchrashuvda g'olibni aniqlashning imokni bo'lmagan.

O'tgan mavsum ikkala o'zaro o'yinda ham Termiz klubi o'z darvozasidan gol o'tkazmay (Termizda 1:0, Buxoroda 2:0 hisobida) g'olib bo'lgan. "Buxoro" bu mavsum 10ta o'yinning hech birida g'alaba qozongani yo'q. "Surxon" esa oxirgi ikki turda mag'lub bo'lmadi.


METALLURG – QIZILQUM
22 avgust 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Asker Najafaliev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Erkin Baxtiyorov.

Mazkur klublar bunga qadar O'zbekiston chempionatida 40 bor to'qnash kelishgan. 15ta uchrashuvda Navoiy klubi, 14 ta uchrashuvda Bekoboda klubi 3 ochko sohibiga aylangan. 11 ta o'yinda durang qayd etilgan.

"Metallurg" bu jamoaga qarshi kechgan oxirgi 4 ta o'yinning hech birida yutqazmagan - 3ta g'alaba, 1ta durang. So'nggi bor "Qizilqum" Bekobod klubini 2017 yilda mag'lub etgandi. Agar faqat "Metallurg" mezbon bo'lgan o'yinlarni hisobga olsak oxirgi marta "Qizilqum" 2009 yilda bu jamoani mag'lub etgan ekan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing