So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

13 sen 12:59
Yangiliklar

Futbol

Coca-Cola Superligasi. Bugun 19-tur boshlanadi

Bugun Coca-Cola Superligasida 19-turning dastlabki ikki uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ikkinchi davrani ajoyib tarzda boshlagan "So'g'diyona" musobaqa jadvalining so'nggi pog'onalaridan birini egallab turgan "Andijon" mehmoni bo'ladi.

O'zaro o'yinlar tarixiga murojaat qilsak 39ta uchrashuvning 16tasida "So'g'diyona" 3 ochkoga ega chiqqan. Xuddi shuncha bahsda "Andijon" g'olib bo'lgan. Qolgan etti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. Birinchi davrada Jizzaxda o'tgan uchrashuvda 2:1 hisobida "So'g'diyona" g'alaba qozongan edi.

Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "So'g'diyona" ikkinchi davradagi beshta o'yinda umuman yutqazgani yo'q (4 g'alaba, 1 durang). "Andijon" esa oxirgi ikki turda ikki marta mag'lub bo'ldi.

“Andijon” – “So'g'diyona”

13 sentyabr 2019 yil. Andijon, "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:00

Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Rasuljon Fozilov, Ibrohim Ismoilov

CHempionat autsayderi "Buxoro" o'z maydonida chempionat debyutanti "Surxon"ni qabul qiladi. Bu klublar O'zbekiston chempionatida 25 marta to'qnash kelishgan. Katta ustunlik "Buxoro" tomonida - 15 g'alaba. Olti bor "Surxon" 3 ochkoga ega chiqqan va 4 marta durang kuzatilgan.

Birinchi davrada Termizda o'tgan o'zaro o'yinda "Surxon" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. "Buxoro" Superligada o'z maydonidagi oxirgi 3ta o'yinda hech kimga yutqazgani yo'q (bir g'alaba va ikki durang). "Surxon" esa aksincha safardagi so'nggi 4ta uchrashuvning barchasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

O'tgan turda ikkala jamoa ham gol o'tkazmasdan g'alabaga erishdi. "Surxon" o'z uyida "Qizilqum"ni 2:0 hisobida taslim qilgan bo'lsa, "Buxoro" Samarqandda "Dinamo"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Malumot uchun, ortda qolgan 18ta turda Superligada eng ko'p kam gol urgan gol - "Buxoro" (12ta).

“Buxoro” – “Surxon”

13 sentyabr 2019 yil. Buxoro, "Buxoro" stadioni. 18:30

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, SHoxrux Azamov, Isxaq Ibragimov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing