So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

20 sen 10:02
Yangiliklar

Futbol

Coca Cola Superligasi. Bugun 20-tur boshlanadi

Teglar :  SurxonSuperligaAGMK
Bugun Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan dastlabki uchta o'yini bo'lib o'tadi.

“Dinamo” – “Andijon”

20 sentyabr 2019 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 16:15

Hakamlar: Hasan Ro'ziev, Timur Gaynullin, Andrey Capenko, Ahmad Ergashev

O'tgan yil quyi ligada o'ynagan ikki klubning o'zaro to'qnashuvi. "Dinamo" oxirgi 7ta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi, "Andijon" esa so'nggi uch turda bittagina gol urdi va umuman g'alaba qozona olmadi.

"Burgutlar" tarixda bir marta Samarqanddan g'alaba bilan qaytgan. Bu voqea 1993 yilgi mavsumda qayd etilgandi. "Dinamo" o'z maydonidagi oxirgi 5ta o'yinning barchasida "Andijon"ni taslim qilgan. "Andijon" oxirgi o'zaro 7ta o'yinning hech birida xoh uyda, xoh safarda bo'lsin "Dinamo"ni mag'lub eta olmayapti (2 durang va 5 mag'lubiyat).

Bu ikki jamoa milliy chempionatimizda jami 41 marta to'qnash kelishgan. 18ta o'yinda "Dinamo" zafar quchgan, 14 marta "Andijon". Yana 9ta bahsda durang qayd etilgan.

Birinchi davrada vodiyda o'tgan bahsda durang qayd etilgandi. Maydon egalari safida Abror Xusinov va SHahzod Ubaydullaev gol urishgan bo'lsa, samarqandliklar tarkibida SHohruh Abdurahmonov hamda Mirkomil Loqaev to'p kiritgandi - 2:2.

“Surxon” – AGMK

20 sentyabr 2019 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 16:15

Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Alisher Usmonov, Ravil SHoyaxmitov, Husan Muzaffarov

Oxirgi ikki turda ikki marta g'alaba qozonib o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmagan "Surxon" Termizda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK bilan to'qnash keladi. O'tgan turda olmaliqliklarning ikki o'yinlik mag'lubiyatli seriyasi barham topdi.

AGMK va “Surxon” klublari shu kunga qadar faqat bir marta to'qnash kelishgan. Birinchi davrada kechgan uchrashuvda Dilshod Jo'raev va Sanat SHixovning gollari AGMKga g'alaba keltirgandi - 2:0.


“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv”

20 sentyabr 2019 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 16:15

Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, G'ayrat Jo'raev

So'nggi 4ta turda 4 marta g'alabaga erishgan "Qo'qon-1912", oxirgi ikki turda ikki marta durang o'ynagan "Lokomotiv"ni qabul qiladi. "Lokomotiv" safardagi oxirgi to'rtta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmadi (2ta durang, 2ta mag'lubiyat).

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida jami 9ta o'yin o'tkazishgan. "Qo'qon-1912" o'z tarixida hech qachon "Lokomotiv"ni mag'lub eta olmagan. Besh marta "temiryo'lchilar" 3 ochkoni qo'lga kiritishgan. Qolgan to'rtta o'yinda g'olib aniqlanmagan.

Birinchi davrada poytaxtda o'tgan o'zaro uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan. Temurxo'ja Abduxoliqov va Diyor Turopovning gollariga Oybek Rustamov va SHahboz Erkinov javob berishgandi. Qo'qonliklar sardori Murod Xolmuhammedov so'nggi uchta turda maydonni golsiz tark etgani yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing