So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

18 okt 08:53
Yangiliklar

Futbol

Coca Cola Superligasi. Bugun 22-tur start oladi

Bugun Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan dastlabki uchta o'yin bo'lib o'tadi.

15:15 - “Qo'qon-1912” – “Qizilqum”

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Ziyodulla Abdurahmonov, Anvar Marajabov, Akmal Rahimov

Oxirgi 4ta turda umuman g'alaba qozona olmagan "Qizilqum" safarda ikki uchrashuvdan buyon yuta olmayotgan "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi. Dastlabki davrada Navoiyda kechgan uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Murod Xolmuhammedov tomonidan urilgan gol vodiy klubiga g'alaba taqdim etandi - 1:0.

O'zaro o'yinlar tarixiga murojaat qilsak 17ta uchrashuvning 10tasida Navoiy shahri klubi g'olib bo'lgan, 6ta bahsda "Qo'qon-1912" zafar quchgan va bitta o'yinda duran kuzatilgan. O'zaro uchrashuvlarning oxirgi ikkitasida "Qo'qon-1912" ikkita g'alabaga erishgan.


17:30 - “Bunyodkor” – AGMK
Hakamlar:
Akobir SHukurullaev, Ruslan Serazetdinov, Andrey Capenko, Rahimbek Karimov

Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov to'qnashuvi.

Yaqindagina O'zbekiston kubogi yarim finalida to'qnash kelgan klublar endi Superliga doirasida o'zaro o'yin o'tkazishadi. Birinchi davrada Olmaliqda o'tgan bahsda Lutfulla To'raev tomonidan urilgan gol "Bunyodkor"ga g'alaba keltirgandi - 1:0.

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatida hozirgacha o'zaro 23ta o'yin o'tkazishgan. 16ta bahsda "qaldirg'ochlar" g'olib bo'lishgan. Ikki uchrashuvda Olmaliq jamoasi muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa yana besh uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.

"Bunyodkor" O'zbekiston chempionatida bu jamoaga 12ta uchrashuvdan buyon, xoh uyda, xoh safarda bo'lsin, yutqazmay kelmoqda. AGMK bu raqib maydonida hech qachon g'alaba qozona olmagan - 2 durang va 9 mag'lubiyat.

17:30 - “Metallurg” – “So'g'diyona”
Hakamlar:
Viktor Serazetdinov, Olim Abduvosilov, Timur Gaynullin, Abdurashid Xudoyberganov

Uchta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayotgan va raqib darvozasiga gol ura olmayotgan "So'g'diyona" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladi. Birinchi davrada Jizzaxda o'tgan o'zaro o'yinda maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Bu jamoalar o'rtasidagi 35ta o'yinning 14tasida "Metallurg" g'olib chiqqan. Qizig'i "So'g'diyona"ning g'alabalari soni ham aynan 14ta. Qolgan 7ta bahsda durang kuzatilgan. "Metallurg" oxirgi uch yilda Bekobodda bu raqibni uch marta mag'lub etgan. So'nggi marta "So'g'diyona" ushbu jamoa maydonidan 2015 yilda 3 ochko bilan qaytgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing