So’nggi yangiliklar

14:47Naroditsky Memorial Rapid 2026. Синдаров ва унинг устози Мадаминов финал босқичида! 0 14:19Улуғбек Рашидов уч карра Осиё чемпиони! 0 13:44Нодиржон Мирзаҳмедов Тошкентдаги бокс оқшомида тезкор ғалабага эришди 0 13:16Илгиз Танташев бугунги ўйиндаги ҳакамлиги учун 1 баҳо олди + ВИДЕО 0 12:41"Оқ уй эффекти". Жастин Гэтжи учун 3,6 миллион долларлик шартнома ҳақида маълум қилинди 0 11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 09:57Усикнинг Уайлдер билан жанги Дана Уайтнинг промоушенида ўтказилиши мумкин 0 09:33Тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи IBA Nomad 15 турнирида жанг қилди 0 18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0

12 iyu 10:29
Yangiliklar

Futbol

Coca Cola Superligasi. Bugun 9-tur boshlanadi - Andijon va Bekobodda o'yinlar bor

Teglar :  FutbolSuperliga
Bugun Coca Cola Superligasida navbatdagi 9-turning dastlabki ikkita uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Coca Cola Superliga. 9-tur
12 iyul, yakshanba
ANDIJON – SURXON
Hakamlar
: Ahrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Hasan Nabiev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

So'nggi uchta turda uch marta durang o'ynagan "Andijon" olti turdan buyon g'alaba nimaligini bilmayotgan "Surxon"ni qabul qiladi. Termizliklar ketma-ket beshinchi o'yinni safarda o'tkazishadi. Ikkala klub safida to'purar 3tadan gol urgan. Termizliklar safida Aleksandr Kasyan, andijonliklar safida Jamshid Hasanov.

“Andijon” va “Surxon” jamoalari shu kungacha 26 marotaba o'zaro bahs olib borgan. O'tkazilgan 26 ta uchrashuvning 15 tasida “Andijon” jamoasi g'olib chiqqan bo'lsa, “Surxon” jamoasi 6 ta uchrashuvda g'alaba qozongan. Qolgan 5 ta uchrashuv esa durang natijasi bilan yakunlangan. To'plar nisbati 56-33 “Andijon” jamoasi foydasiga. "Surxon" Andijonda faqat bir marta g'alabaga erishgan (1994 yil), yani termizliklar 26 yildan buyon safarda bu jamoani mag'lub eta olishmayapti.


METALLURG – SO'G'DIYONA
Hakamlar
: Viktor Serazitdinov, Abduhamidullo Rasulov, Avazbek Abdullaev, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Sardor Qudratullaev

O'tgan tur bu mavsum ilk bor raqib darvozasiga gol ura olmagan "Metallurg" Bekobodda safardagi 4ta o'yinning 1tasida g'alabaga erishgan "So'g'diyona"ni mehmon qiladi. "Metallurg"da 5ta gol urgan Stanislav Andreev to'purar bo'lsa, "So'g'diyona" safida 4ta to'p kiritgan SHohruz Norxonov to'purar hisoblanadi.

“Metallurg” va “So'g'diyona” jamoalari bugungacha kuchlilar safida o'zaro 36 ta o'yin o'tkazishgan. SHulardan 14 tasida bekobodliklar, 15 tasida jizzaxliklar g'alaba qozonishgan. 7 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi jizzaxliklar foydasiga – 51:49.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing