So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

14 sen 08:35
Yangiliklar

Futbol

Coca-Cola Superligasi. Bugun Navoiy va Olmaliqda o'yin bor

Teglar :  SuperligaAGMKNasaf
Bugun Coca-Cola Superligasida 19-turning navbatdagi ikki uchrashuvi bo'lib o'tadi.

“Qizilqum” – “Nasaf”

14 sentyabr 2019 yil. Navoiy, "Yoshlar" stadioni. 18:30

Hakamlar: Aziz Asimov, Ruslan Serazetdinov, Ravil SHoyaxmitov, Rahimbek Karimov

O'tgan turda safarda o'ynagan va mag'lub bo'lgan klublar o'rtasidagi bahs. Bu ikki klub O'zbekiston chempionatida jami 41ta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 24 marta "ajdarlar" g'olib bo'lishgan. 10ta uchrashuvda durang kuzatilgan va 7 marta "Qizilqum"ning qo'li baland kelgan.

Birinchi davrada Qarshida kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. "Ajdarlar" safardagi oxirgi ikkita uchrashuvda ham mag'lub bo'ldi. "Qizilqum" o'z maydonidagi oxirgi beshta uchrashuvda faqat bir marta g'alaba qozondi xolos.

Malumot uchun, ortda qolgan 18ta turda Superligada eng ko'p gol o'tkazgan klub - "Qizilqum" (37 ta).

AGMK – “Dinamo”

14 sentyabr 2019 yil. Olmaliq, OKMK stadioni. 18:30

Hakamlar: Jasur Muxtorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Rishat Nugmanov, Ravshan Abdivohidov

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi klub Davron Fayzie boshchiligidagi klub bilan o'ynaydi. Bu jamoa klub O'zbekiston chempionatida o'zaro 19ta o'yin o'tkazishgan. 7 marta Samarqand klubi g'olib chiqqan, 8 bor AGMK zafar quchgan. 4ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

Dastlabki davrada Samarqandda o'tgan o'yinda "Dinamo" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. "Dinamo"ning Superligadagi mag'lubiyatli seriyasi oltita o'yinga etdi. Ikkinchi davrada barcha beshta o'yinda yutqazgan yagona klub aynan "Dinamo" hisoblanadi. AGMK esa oxirgi ikki turda ikki marta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va umuman gol ura olmadi.

Qizig'i, bu klublar O'zbekiston Liga kubogi yarim finalida ham o'zaro o'yin o'tkazishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing