So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

21 sen 09:58
Yangiliklar

Futbol

Coca Cola Superligasi. Bugun "Paxtakor" Bekobodda chempion bo'lishi mumkin

Bugun Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

18:00 - “Metallurg” – “Paxtakor”

Hakamlar: Ravshan Abdivohidov, Farhod Usmonov, Zufar Eliboev, Olim To'ychiboev

Bu mavsumda umuman mag'lub bo'lmagan "Paxtakor" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladi. Andrey SHipilov boshchiligidagi jamoa oxirgi ikki turda "Navbahor" va "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushib, mag'lub bo'lmadi.

"Paxtakor" va "Metallurg" O'zbekiston chempionatida jami 45 marta to'qnash kelishgan. 37 ta uchrashuvda "sherlar" zafar quchishgan. To'rtta o'yinda durang qayd etilgan va 4 marta bekobodliklar 3 ochkoni qo'lga kiritishgan.

Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda "sherlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi. O'shanda Dragan CHeran dublga erishgan bo'lsa, bekobodliklar safida Islombek Isoqjonov gol urgandi.

Bu jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'zaro 7 ta o'yinning barchasida "Paxtakor" g'olib bo'lib kelmoqda. So'nggi marta 2016 yil "Metallurg" "Paxtakor"ni mag'lub etgan. Bugun "Paxtakor" Bekobodda g'alaba qozonsa, muddatidan avval O'zbekiston chempioniga aylanadi.

18:00 - “So'g'diyona” – “Navbahor”
Hakamlar:
Vadim Agishev, Ruslan Serazetdinov, Aleksandr Sidorov, Rahimbek Karimov

Ikkinchi davrada umuman mag'lub bo'lmay kelayotgan "So'g'diyona" o'z maydonida ikki turdan buyon faqat mag'lubiyat alamini totib ko'rayotgan "Navbahor"ni qabul qiladi.

Jizzax klubining mag'lubiyatsiz seriyasi 6ta o'yinga etdi (4 g'alaba va 2 durang). "Lochinlar" esa 218 daqiqadan buyon raqiblar darvozasiga yo'l topa olishmayapti. "So'g'diyona"ning "quruq seriya"si esa 200 daqiqaga etdi. "Navbahor" oxirgi 6ta o'yinda atiga bitta gol urdi xolos.

O'zbekiston chempionati doirasida bu ikki jamoa jami 47 marta to'qnash kelishgan. 24ta uchrashuvda "lochinlar" zafar quchishgan. 6 marta durang kuzatilgan va 17ta bahsda jizzaxliklar ustun kelishgan. Etiborlisi mana shu 17ta g'alabaning hammasi Jizzaxda qayd etilgan ekan.

Birinchi davrada Namanganda kechgan o'zaro to'qnashuvda "Navbahor" 3:1 hisobida g'olib chiqqan. O'shanda Slavko Lukich hisobni ochgan Aleksandr Kasyan dublga erishgandi. Ikkinchi taymda "So'g'diyona" safida Sanjar Rashidov hisobni qisqartirgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

   
21 sen 10:43:33
Edson-footbal
Пахтакор досрочный чемпион,ЎЗ МТЖ ОСИЁДА 12 ЎРИН,ГРУППАДА 0 ОЧКО ОХИРГИ ЎРИН.МАНА ПАХТАКОРГА ТАБРИКЛАР.БАЙРАМ МУБОРАК.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing