So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

19 okt 09:54
Yangiliklar

Futbol

Coca Cola Superligasi. Bugun to'rtta o'yin bor

Bugun Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan so'nggi to'rt o'yin bo'lib o'tadi.

Muddatdan avval chempionlikka erishgan "Paxtakor" musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasida borayotgan "Dinamo" mehmoni bo'ladi. Samvel Babayan boshchiligidagi "Lokomotiv" ushbu turda Muhsin Muhammadiev boshchiligidagi "Buxoro"ni mehmon qiladi.

15:15 - “Surxon” – “Navbahor”

Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Husniddin SHodmonov, Nayim Qosimov

Superligada ikki o'yindan buyon mag'lub bo'lmayotgan "Navbahor" Termizda o'tgan turda uchta o'yindan iborat g'alabali seriyasi tugagan "Surxon"ga qarshi o'ynaydi.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida 25 marta to'qnash kelishgan. 18ta uchrashuvda "lochinlar", 5ta bahsda termizliklar zafar quchishgan. Qolgan ikkita o'yinda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. Birinchi davrada o'tgan bahsda "Navbahor" o'z maydonida 3:0 hisobida g'alaba qozongan.


16:30 - “Dinamo” – “Paxtakor”

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Elyor Tursunov

Muddatdan avval chempionlikka erishgan "Paxtakor" musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasida borayotgan "Dinamo" mehmoni bo'ladi.

"SHerlar" bu mavsumda umuman yutqazmagan yagona klub bo'lib turishibdi. "Dinamo" esa 9ta turdan buyon faqat mag'lubiyat alamini totib ko'rmoqda. So'nggi bor Samarqand klubi 21 iyun kuni maydonni yutqazmay tark etgandi.

Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda Javohir Sidiqov va Jaloliddin Masharipovning urgan gollari "Paxtakor"ga g'alaba keltirgan edi - 2:0.

Ushbu klublar shu kunga qadar 47 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 36 marta "sherlar" zafar quchishgan, 6ta bahsda samarqandlilar g'olib bo'lishgan. Beshta uchrashuvda durang kuzatilgan.

"Dinamo" o'z uyida so'nggi bor 2010 yilgi mavsumda "Paxtakor"ni mag'lub etgandi. SHundan so'ng Samarqandda ketma-ket olti uchrashuvdan buyon "Dinamo" bu raqibni taslim qilolmay kelmoqda.

16:30 - “Lokomotiv” – “Buxoro”

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, To'rabek Suyunov

Samvel Babayan boshchiligidagi "Lokomotiv" ushbu turda Muhsin Muhammadiev boshchiligidagi "Buxoro"ni mehmon qiladi. "Buxoro" oxirgi beshta turda faqat bir marta mag'lub bo'ldi xolos. "Lokomotiv" esa etti turdan buyon hech kimga yutqazgani yo'q va so'nggi 4ta uchrashuvda raqiblar bilan bir xil 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Dastlabki davrada Buxoroda kechgan bahsda Arslanmirat Amanov va Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan urilgan gollar "Lokomotiv"ga g'alaba keltirgan - 2:0.

O'zbekiston chempionatida bu ikki klub hozirga qadar o'zaro 29ta marta to'qnash kelishgan. 18ta uchrashuvda "temiryo'lchilar" 3 ochkoni qo'lga kiritishgan bo'lsa, 6ta o'yinda buxoroliklarning qo'li baland kelgan. Qolgan 5ta bahsda g'olib aniqlanmagan.


17:30 - “Nasaf” – “Andijon”

Hakamlar: SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Rustam CHoriev

9-o'rindagi "Andijon" 7-o'rindagi "Nasaf" bilan o'ynaydi. "Nasaf" Superligada so'nggi beshta turda umuman g'alaba qozona olmadi (1 durang va 4 mag'lubiyat). "Andijon" esa aksincha oxirgi uchta o'yinda hech kimga yutqazgani yo'q (2 g'alaba va 1 durang). Birinchi davrada Andijondagi o'zaro bahsda "Andijon" 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

Umuman olib qaraganda bu ikki klub O'zbekiston chempionatida jami 37 marta to'qnash kelishgan SHundan atigi 6tasida "Andijon" uch ochkoga ega chiqqan. 23 marta "ajdarlar" zafar quchishgan. Qolgan 8ta o'yinda g'olib aniqlanmagan.

Qarshida "Nasaf" 8ta o'yindan buyon "Andijon"ni mag'lub etib kelmoqda. 2007 yilda "burgutlar" bu jamoa maydonida durang o'ynashgan. "Andijon"ning Qarshidagi yagona g'alabasi 1999 yilgi mavsumda qayd etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing