20 avg 11:56
Yangiliklar
Futbol

CSKA Fayzullaevning transfer to'lovini tasdiqladi
CSKA kommunikaciyalar direktori Kirill Breydo yarim himoyachi Abbos Fayzullaevning transfer to'lovi kelib tushganini tasdiqladi.
"Abbos Fayzullaevning transferi bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan summa bizning hisob raqamimizga kelib tushdi. Bizni tomon ham tezda transfer sertifaktini "Istanbul Bashakshehir"ga jo'natib yubordi. Endi bu transferni rasman amalga oshganini elon qilsak bo'ladi", - dedi Kirill Breydo.
Eslatib o'tamiz, Turkiya klubi Abbosning transferi uchun 7,5 million evro sarflashgandi.
Havola :
Fikrlar