22 sen 07:15
Yangiliklar
Futbol

CSKA, “Lokomotiv”, “Krasnodar” va yana 6 ta klub Rossiya kubogini tark etdi
Rossiya kubogining 1/16 final bosqichida Premer-liganing 9 ta jamoasi quyi liga vakillariga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
“Krasnodar” “Tom”ga (1:2), “Ural” “SHinnik”ka (0:3), “Arsenal” “Tambov”ga (0:1), “Anji” “Luch Energiya”ga (0:2), CSKA “Avangard”ga (0:1), “Dinamo” “Spartak” (Nalchik)ka (0:0, penaltilar seriyasida 2:4), “Axmat” “Enisey”ga (0:3), “Ufa” “Olimpiec”ga (1:1, penaltilar seriyasi 1:4), “Lokomotiv” esa “Krilya Sovetov” (2:3, qo'shimcha vaqtda) klubiga yutqazib qo'ydi.
“Rubin”, “Tosno”, “Rostov”, “Spartak”, “Amkar” va “SKA” klublari esa kubok bahslarida o'z yurishlarini davom ettirmoqda. O'tgan yili kubok musobaqasining ushbu bosqichida Premer liganing 5 ta jamoasi mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Fikrlar