04 avg 15:34
Yangiliklar
Boshqalar

Dahshat! Kuperning doping-tahlili homiladorlikni aniqlab berdi
Amerikalik basketbolchi Di Jey Kuper o'zining g'alati qilig'i sababli ikki yilga diskvalifikaciya qilindi.
Gap shundaki, Kuper Bosniya va Gercegovina fuqaroligini olganidan so'ng terma jamoa safida ikkita o'yinda ishtirok etgan. Undan olingan doping tahlili sportchining homilador ekanligini ko'rsatgan.
Tekshiruvlar natijasida Jey doping uchun o'zining emas, balki homilador ayolning peshobini tekshiruvga olib kelgan. Di Jey Kuper tashkilotni aldashga uringani sababli ikki yilga sportdan chetlatildi.
Havola :
Fikrlar