01 dek 14:01
Yangiliklar
Futbol

Dahshat! MYU "Napoli" himoyachisi uchun 103 mln. evro taklif qildi
"Manchester Yunayted" himoyachi Kalidu Kulibali uchun "Napoli"ga 103 mln. evro taklif qildi.
Malumotlarga ko'ra, taklif qilingan mablag' dahshatli bo'lishiga qaramasdan, neapolliklar MYUga rad javobini berishdi.
Noyabr oxirida "qizil iblislar" Kulibali uchun 90 mln. taklif qilgani elon qilingan edi. Mankunianlar ustozi Joze Mourinyu ushbu transferga qiziqish bildirmoqda. Kulibalini MYUdan tashqari "Real, "Barselona", "Manchester Siti" va "Bavariya" ham sotib olish niyatida.
Kulibali 2014 yilda "Genk"dan "Napoli"ga 7,75 mln. evro evaziga o'tgan edi.
Havola :
Fikrlar