So’nggi yangiliklar

11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0

30 sen 18:01
Yangiliklar

Kikboksing

Dahshat! Toshkentda o'tgan kikboksing bo'yicha jahon kubogida 718 ta medal qo'lga kiritdik

Poytaxtimizdagi Gimnastika bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o'smirlar sport maktabida kikboksing bo'yicha o'tkazilgan jahon kubogi sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 53 ta davlat sportchilari o'rtasida 172 ta oltin, 210 ta kumush, 336 ta bronza, jami 718 ta medal jamg'arib, birinchi o'rinni egalladi. Umumjamoa hisobida ikkinchi o'rin 40 oltin, 26 kumush, 50 bronza, jami 118 ta medalni qo'lga kiritgan qozog'istonlik kikboksingchilarga nasib etgan bo'lsa, Tojikiston termasi 28 ta oltin, 16 ta kumush va 21 ta bronza medaliga sazovor bo'lgan holda kuchli uchlikdan joy oldi.

SHuningdek, jahon kubogi doirasida 15 ta “Gala Final” janglari tashkil etildi. Ushbu qiziqarli o'tgan bellashuvlarni WAKO Prezidenti Roy Beyker, vice-prezident Espen Lund, ARISF prezidenti Rafaelle Kyulli, WAKO O'zbekiston prezidenti Asadjon Xodjaev, O'zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, Osiyo Olimpiya kengashining vice prezidenti Otabek Umarov, mamlakatimiz kikboksing associaciyasi raisi Oybek Normetov, kikboksing muxlislari, mahalliy ommaviy axborot vositalari kuzatib bordi.

Ushbu janglarda g'olib bo'lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba tashkil etilgan ushbu jahon kubogi yakunlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing