28 okt 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt: "2018 yildayoq Ngannuni UFC'dan ketkazish harakatini boshlagandim"
UFC prezidenti Dana Uayt 2018 yilda ketma-ket ikki bor mag'lubiyatga uchragan Frensis Ngannuni tashkilotdan ketkazmoqchi bo'lganini aytdi.
"Frensis ketma-ket ikki marta mag'lub bo'lganida, uni tashkilot ro'yxatidan chiqarmoqchi edim. Ammo ko'pchilik bunday qilmasligimni iltimos qildi. U UFC'da qolganida ko'proq pul ishlab topgan bo'lardi. U Jon Jons bilan jang qilishni xohlamadi. Bu rost", dedi Uayt.
Malumot uchun, Ngannu 2018 yilda Stipe Miochich va Derrik Lyuisga yutqazgandi.
Havola :
Manba : fightnews
Fikrlar