24 sen 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Aldoning UFC'dan ketishiga munosabat bildirdi
UFC prezidenti Dana Uayt braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Joze Aldoning faoliyatini yakunlagani haqida fikr bildirdi.
"Biz uni yaxshi ko'ramiz. UFC har doim uning uyi bo'lib qoladi. Men unga: "Agar senga biror yordam kerak bo'lsa yoki turnirga kelmoqchi bo'lsang, seni xuddi uydagidek kutib olishadi" dedim. Bu yigit WEC'da faoliyatini boshlab UFC'gacha etib keldi. Ushbu brendni va Braziliyani rivojlantirishga katta yordam bergan. SHuning uchun biz uni yaxshi ko'ramiz va uni doimo qadrlaymiz. Uning juda ko'p ajoyib ishlarni amalga oshirdi va pul ishlab oldi. Men u va uning oilasi uchun baxtiyorman", - deydi Uayt.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar