21 mar 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt boshchilik qiladigan TKO Boxing bokschilarga qancha pul to'lashi malum bo'ldi
Bir necha kunlar oldin Turki Al Ash-SHeyx UFC rahbari Dana Uayt bilan birgalikda TKO Boxing boks tashkilotiga asos solgandi.
Bu tashkilot bilan shartnoma 3 yilga amal qiladi. Har bir jang 5 oyda o'tkaziladi. SHartnoma uchun 5 ming AQSH dollari mukofot beriladi.
Reytingdan o'rin olmagan bokschi bilan jang uchun 20 ming, reytingning 5-10-o'rinlaridagi bokschi bilan jang uchun 50 ming, reytingning 3-4-o'rinlaridagi bokschi bilan esa 125 ming, chempionlik bahsiga 375 ming, kamar himoyasiga 750 ming AQSH dollari miqdorida gonorar to'lanadi.
Hozirga qadar Uayt va uning yordamchilari 150 nafarga yaqin bokschi bilan shartnoma imzolagani aytilmoqda.
Havola :
Manba : sportilinet
Fikrlar