05 sen 12:32
Yangiliklar
Dana Uayt Carukyan - Ruffi jangi maqomi haqida: "Arman juda ko'p gapirib yuboryapti"
Dana bu malumotni tasdiqlamadi.
"Jang yakunlanmaguncha bunday narsalar haqida gapirishni yoqtirmayman. Arman ko'p narsalarni o'z nomidan gapirib yuboryapti, lekin keling, avvalo bu jang qanday yakunlanishini ko'rib olaylik", — dedi tashkilot rahbari Sports Central nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Arman Ruffi bilan jang qilishga rozi bo'lganida, tashkilot rahbariyatidan g'alaba qozongan taqdirda navbatdagi jangi chempionlik uchun bo'lishi haqida kafolat olganini malum qilgandi. SHu bilan birga, braziliyalik jangchi ham agar ushbu qarama-qarshilikda g'alaba qozonsa, chempionlik kamari uchun jang qilishiga ishonch bildirgan.
Arman Carukyan va Maurisio Ruffi o'rtasidagi besh raundlik engil vazn toifasidagi jang 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirining ikkinchi asosiy voqeasi (co-main event) maqomiga ega.

Fikrlar