03 sen 13:13
Yangiliklar
Dana Uayt Jastin Getjining tanaffus olish qarori haqida gapirdi
UFC engil vazn toifasida amaldagi chempionning bu qarori divizion rivojiga to'sqinlik qiladimi degan savolga tashkilot rahbari Dana Uayt salbiy javob berdi.
"Men u divizionni ortga tortyapti deb o'ylamayman – u yaqindagina jang o'tkazdi. Uning qo'llari hali ham og'riyapti. Aslida u bu jangda ishtirok etishi kerak bo'lgan yigit emasdi, lekin u taklifni qabul qildi va juda ajoyib uslubda g'alaba qozonib, hayotini butunlay o'zgartirib yubordi. SHuning uchun u qabul qiladigan qarorini yaxshilab o'ylab olishga haqli", – dedi tashkilot rahbari Las-Vegasdagi matbuot anjumanida.
Joriy yilda Jastin Getji o'z faoliyatidagi eng yirik ikki g'alabaga erishdi: yanvar oyida Peddi Pimblett ustidan qozonilgan g'alaba evaziga UFC engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritdi, iyun oyida esa amerikalik birlashtiruvchi jangda Iliya Topuriyani sensacion tarzda mag'lub etib, divizionning yangi chempioniga aylandi.

Fikrlar