24 mar 09:22
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Dana Uayt Makgregorning Irlandiya prezidenti bo'lish istagiga munosabat bildirdi
UFC bosh direktori Dana Uayt ikki vazn toifasida Liganing sobiq chempioni Konor Makgregorning Irlandiya prezidentligiga nomzodini qo'yish istagi haqida gapirdi.
			Avvalroq, Makgregor Oq uyga tashrif buyurib, Irlandiyani qo'llab-quvvatlovchi nutq so'zlagan, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgan edi.
"Men nima deyishni ham bilmayman, lekin menimcha, u ajoyib ish qiladi. U g'ayratli ko'rindi, Oq uyda emocional nutq so'zladi. Konor bir qancha muhim masalalarni ko'tardi, kuzatamiz... Bilaman, u mutlaq demokratiya tarafdori, ko'ramiz, odamlar qanday fikrda ekan", dedi Uayt matbuot anjumanida.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
             
			
Fikrlar