23 iyu 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Neyt Diaz kimga qarshi jang qilishi kerakligini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt Neyt Diazning jang qilish yoki shartnomani bekor qilishi haqidagi iltimosiga munosabat bildirdi.
"Neyt bilan muomala qilish har doim qiziqarli bo'lgan. U bilan nima qilishimizni bilmayman. Ko'ramiz bu yog'iga nima bo'lar ekan.
Qo'limdan kelganini qilaman. Biz barchaga hurmat ko'rsatishga harakat qilamiz. Lekin, uning jamoasi Qamaru Usman bilan jang qilishni so'ramoqda. Bu ilojsiz.
Neyt Diaz besh yil ichida bir marotaba g'alaba qozongan. Uning kelajagi haqida o'ylayapmiz. Menimcha Neyt Jeyk Pol bilan jang qilishi kerak. Mantiqan olib qaraganda bu juda yaxshi variant", – dedi Uayt.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar