So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

04 mar 14:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt va uning suyuklilari boks yulduzlariga qarshi! Tarixdagi eng g'alati turnir tayyorlanmoqdami?

Aralash yakkakurashlar bo'yicha jangchilarning boksga kirib kelishi va bokschilar bilan ringga chiqish holatlari anchagina ko'payib ketdi.

Bu yo'nalishni dastlab Konor Makgregor boshlab berdi, u prof boksdagi debyut jangida Floyd Meyvezerga qarshi bahs olib borib, imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Endilikda estafeta tayoqchasini Frensis Ngannu qo'lga olgan. Qayd etish joizki, faqat MMA’chilar boksda o'z omadini sinab ko'rmoqda, bokschilarning hech biri hali MMA’da chiqish qilganicha yo'q, ammo ushbu jarayon ham yaqin oralarda sodir bo'lib qolishi mumkin. Misol uchun, amerikalik Terens Krouford allaqachon MMA’da jang qilish istagi mavjud ekanligini aytib o'tgan, shuningdek Deontey Uaylder ham Frensis Ngannuga qarshi jang qilish haqida o'ylab yuribdi. Ehtimol, jahon boksining asosiy pop yulduzi Rayan Garsiyani ham aralash yakkakurashlarda ko'rib qolishimiz mumkin. Uning asosiy maqsadi UFC chempioni SHon O’Melliga qarshi duel hisoblanadi. 

Rayan yaqinda jurnalist Ariel Xelvanining «MMA soati» dasturidagi chiqishida SHonni ochiqchasiga jangga chorladi. Uning aytishicha, Garsiya aralash yakkakurash qoidalariga ko'ra, jang qilishga tayyor. «Men MMA’da O’Mellining «eshigi»ni tepishga sizga kafolat beraman. Tabiatan tug'ma jangchi ekanligimga ko'pchilik ishonmaydi. SHonni ringda bemalol nokaut qilishimni bilaman, shuning uchun u bilan ringda bahs olib borishim adolatdan bo'lmaydi. MMA’da uchrashishimiz adolatli bo'ladi, chunki ushbu to'qnashuvga chuqur etibor qaratsam, Neyt Diaz va Aleks Pereyra menga yordam berishiga ishonaman. Qo'limdan kelgan hamma narsani qilishga va SHon O’Mellini yo'q qilishga vada beraman. Men Danaga yozdim, odamlarim ham u bilan bog'lanib, bu jangni tashkil qilishni so'radi. 3-4 oylik MMA mashg'ulotlaridan so'ng, duelga shay holatda bo'laman. SHu bilan birga har oy yangi murabbiyga ega bo'laman: Konor, Diaz, Pereyra va boshqalar», deydi bokschi. Garsiyaning yagona sharti shuki, bu – yaxshi to'lov. 

Ko'rinib turibdiki, Garsiyaning maqsadi shunchaki jang qilish emas, balki o'ziga xos shou uyushtirish hamdir. Rayanning promouteri Oskar de La Xoyyaga bu g'oya yoqdi. «Aslida menga O’Melli yoqadi, u ajoyib barabanchi. Men buni o'ylab ko'rdim, ishonch bilan ayta olamanki, ushbu qarama-qarshilik juda zo'r bo'ladi. Buni qo'llab-quvvatlayman, chunki Rayan SHon bilan uchrashuvda ishtirok etishga haqli. Kechaning asosiy jangida Uayt bilan jang qilishim ham mumkin. Oramizda hech qanday adovat yo'q, biz yaxshi ishlayapmiz. Dana Uayt Meyvezer-Makgregor jangidan oldin bu shartlarga rozi bo'lgan bo'lsa-da, promouter bo'lishni yoqtirmaydi», deydi sobiq bokschi. Demak, boks yulduzlarining UFC’ga o'tish imkoniyati promoushenning boshini va uning yulduzlarini boshqa saytga sudrab borishdan ancha yaxshiroq. SHu nuqtai nazardan qaraganda, Garsiya ham, de La Xoyya ham hamma ishni to'g'ri qilmoqda. To'g'ri, bu kabi turnirlar aralash yakkakurashlar tarixidagi eng g'alati musobaqaga aylnashini inkor etib bo'lmaydi. SHu bilan birga, bu Dananing birinchi marotaba jangga chaqirilishi emas, bundan avvalroq Tito Ortis ham Uayt bilan to'qnashishga juda yaqin kelgandi. Endi Oskarning o'zi bu ishni oxiriga etkazmoqchi. 

O’Melli allaqachon Rayanning chaqirig'iga javob qaytargan: «Men uni bir necha daqiqada tugatgan bo'lardim. Uni pastga tushirib bo'g'ib qo'yshim mumkin, ammo men uning lanati tanasiga kichik tayoq oyoqlarim bilan tepaman. Garsiya bilan MMA qo'lqoplarini kiyib boksga ham tushishim mumkin, xullas, xohlaganimni qilaman. Uni va Devin Xaneyni bir kechada birin-ketin mag'lub eta olaman», dedi chempion. Albatta SHonning o'zi ham bu kabi shoulardan manfaatdor. U ko'p marotaba jangovar biznes haqida gapiradi, shu bois  bunday janglardan O’Melli mo'magina daromad ishlab oladi. Dana Uayt esa odatda UFC haqida katta bayonot berish imkoniyatini qo'ldan boy bermaydi, shuning uchun agar muzokaralar haqiqatdan ham boshlansa, biz juda g'alati, lekin shovqinli turinr guvohiga aylanishimiz mumkin.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing