07 fev 15:25
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
Daniil Eybog: "Eng yaxshi o'rinlar uchun kurashamiz"
SHort-trek bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Daniil Eybog Xarbin-2025 IX qishki Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.
U bugun uchta dasturda bahs olib borib, barchasida keyingi bosqichga yo'l oldi.
"Birinchi poyga reja bo'yicha o'tdi. Yarim finalga xotirjam tarzda yo'l oldim. Minimum vazifa bajaildi. Ertaga endi final yo'llanmasi uchun kurashamiz. Umuman olganda, hammasi yaxshi. Xitoy, Koreya terma jamoalari o'zining eng yaxshi tarkibi bilan kelgan. Qozog'istonda ham shunday. Bu o'yinlarga barcha terma jamoalar yaxshi sportchilar bilan kelgan. Eng yaxshi o'rinlar uchun kurashamiz", deydi Daniil Eybog MOQ matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar