17 mar 07:32
Yangiliklar
Tennis

Darya Kasatkina: “Messi yoki Inestaga o'xshashni istayman”
Rossiyalik tennischi Darya Kasatkina o'zini zamonamizning mashhur futbolchilari bilan qiyosladi.
20 yoshli iqtidor egasining so'zlariga qaraganda, u Lionel Messi yoki Andres Inestga o'xshashni istar ekan.
“O'zimni qaysi futbolchilar bilan tenglashtira olaman? Birinchi galda Messi deya javob beraman. Lekin ochig'ini aytsam, ko'proq Inestaga o'xshagim keladi”, - dedi Kasatkina.
Eslatib o'tamiz, kecha Darya Kasatkina AQSHning Indian-Uells shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning chorak finalida dunyoning sobiq birinchi raketkasi germaniyalik Anjelik Kerberni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar