26 may 12:16
Yangiliklar
Engil atletika
Darya Reznichenko CHexiyada tengsiz bo'ldi
CHexiyaning Turnov shahrida engil atletika bo'yicha xalqaro xotira turniri bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada o'z omadini sinab ko'rgan hamyurtimiz Darya Reznichenko uzunlikka sakrash dasturida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Tokio-2020 ishtirokchisi 6 urinishdan barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Beshinchi imkoniyatda qayd etgan 6.16 metr natija uni musobaqa g'olibiga aylantirdi. Qayd etish joiz, bu Reznichenko uchun joriy mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'ldi. Turnirda u bilan bellashgan hech bir raqibalari 6 metrdan uzoqqa sakray olishmadi. Batafsil:
CHexiya. Uzunlikka sakrash, ayollar:
1. Darya Reznichenko (O'zbekiston) – 6.16 metr
2. Mixaela Kucherova (CHexiya) – 5.91
3. Natalya-Viktoriya Xamula (Ukraina) – 5.79
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar