05 noy 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Dastin Pore faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazishiga ishora qildi
Amerikalik aralash yakka kurash ustasi, engil vaznda UFC kamari uchun sobiq davogar Dastin Pore yana bitta jangdan keyin sportchilik faoliyatini yakunlashiga ishora berdi.
U X (sobiq Twitter)dagi sahifasida "So'nggi raqs", deb yozib qoldirdi.
Xabarlarga qaraganda, Pore so'nggi jangini hamyurti Maks Xolloueyga qarshi o'tkazish niyatida. 35 yoshli Dastin shu kungacha Xollouey bilan ikki bor jang qilgan. 2012 va 2019 yilda o'tkazilgan bahslarning har ikkisida Pore zafar quchgan.
Havola :
Manba : twitter.com/dustinpoirier
Fikrlar