19 jan 15:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore: Men Konordan kuchliman!
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi Dastin Pore Konor Makgregorga qarshi bo'ladigan jangi haqida fikr bildirdi.
"So'nggi olti yil davomida eng kuchlilarga qarshi jang qildim, shu vaqt oralig'ida kurashishim ham ancha yaxshilandi. Olti yil davomida beshta sobiq chempionni mag'lub etdim. U Dastin bilan hozirgisining orasida farq katta. Men Konordan kuchliman va buni jang kuni isbotlayman", - dedi Dastin.
Eslatib o'tamiz, Dastin va Konor o'rtasidagi ilk jangda irlandiyalik raqibini birinchi raunddayoq nokaut qilishga erishgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar