19 avg 19:00
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/81905_220.jpg)
David Luis nima uchun "CHelsi"dan "Arsenal"ga o'tganini aytdi
Braziliyalik himoyachi "CHelsi"dan ketish sabablarini malum qildi.
Angliyadagi transferlar oynasining oxirida David Luis "CHelsi"dan "Arsenal"ga o'tdi. Futbolchi nimaga bu qarorga kelganini ochiqlab berdi.
"Adolatli bo'lishga harakat qilaman. "CHelsi"da baxtli ekanligimni va u erda ko'plab sovrinlarni yutganimni hamma biladi. Men Lempard bilan gaplashib oldim. Men uning bu yil uchun tuzgan rejalariga kirmadim", - deydi braziliyalik.
"Men u erda qolishim va pul ishlab o'tirishim mumkin edi, ammo menga yangi chaqiruvlar yoqadi. Bu menga motivaciya beradi. Faoliyatimni yakunlagan paytim futbolni sog'inishim aniq", - deb qo'shimcha qildi Luis.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar