15 iyu 13:20
Yangiliklar
Tennis

Davis Cup. Do'stov ilk uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati xisoblanmish Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston hamda Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlandi.
Afsuski,
yakkalikning ilk uchrashuvida hamyurtimiz Farrux Do'stov xitoylik raqibiga
imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi CHin yurtining
birinchi raqamli tennischisi Zi Jangga 6:1, 4:6, 4:6, 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Hozircha terma jamoamiz mehmonlarga o'yinni boy beryapti. Birozdan so'ng mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin xitoylik raqibi Di Vuga qarshi kortga chiqadi.
Devis Kubogi
O'ZBEKISTON – XITOY 0:1
Farruh
Do'stov - Zi Jang 1:3 (6:1, 4:6, 4:6, 2:6)
Havola :
Fikrlar