06 mar 10:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/109209_220.jpg)
“Davis Cup”. Ertaga bahslar boshlanadi, bugun qura bo'lib o'tdi
Terma jamoalar o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining yangi mavsumi ertadan boshlanadi.
O'zbekistonlik tennischilar ilk bosqichda AQSH terma jamoasiga qarshi kortga chiqishadi. Bugun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, terma jamoamizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Rayli Opelkaga qarshi korga chiqadi, Sanjar Fayzievga esa Teylor Fric raqiblik qiladi. Juftlik bahslarida vakillarimiz Mayk va Bob Brayan tandemiga qarshi kortga chiqadi.
7-8 mart kunlari bo'lib o'tadi.
07.03.2020
Rayli Opelka — Denis Istomin
Teylor Fric — Sanjar Fayziev
08.03.2020
Mayk Brayan/Bob Brayan — Sanjar Fayziev/Denis Istomin
Teylor Fric — Denis Istomin
Rayli Opelka — Sanjar Fayziev
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar