19 iyu 15:45
Yangiliklar
Davis Cup. Federer O'zbekistonga keladi...mi?
O'zbekiston terma jamoasi saralashda Xitoy tennischilarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
SHveycariyaliklar esa jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o'yin o'tkazib, 0:5 hisobida mag'lubiyatni qabul qilib oldilar.
Ushbu bahsda Marko Kyudinelli (129), Genri Laksonsen(165), Adrien Bossel (493), Antoni Beler (538) kabi tennischilar SHveycariya sharafini himoya qilganlar.
Ho'sh, chorak final uchun bahsda Italiyadan sharmandali mag'lubiyatni qabul qilib olgan bo'lajak raqiblarimiz bu safar ham shu tarkib o'ynaydilarmi? Toshkentga ham Italiya bilan bahsdagi tarkib tennischilari tashrif buyuradimi?
Yoki 2014 yilgi Devis Kubogi chempionlari tavakkal qilmasdan o'zlarining asosiy "qurollari" - Rojer Federer va Sten Vavrinka bilan poytaxtimizga kelishadimi? Buni yaqin kunlarda bilib olamiz!
Fikrlar