17 sen 22:22
Yangiliklar
Tennis
"Davis Cup". Humoyun Sultonovning o'ninchi raketkaga qarshi o'yini yakunlandi
SHu kunlarda norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan "Devis kubogi"ning saralash bahslari bo'lib o'tmoqda.
Jahon ligasiga yo'l olish uchun O'zbekiston terma jamoasi Oslo shahrida Norvegiyaga qarshi bahs olib bormoqda.
Qarama-qarshilikning ilk bahsida hamyurtimiz Humoyun Sultonov (418) jahonning 10-raqamli tennischisi Kasper Rudga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 10 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Humoyun 3:6, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, Norvegiya ushbu qarama-qarshilikda 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi.
Endi birozdan so'ng Denis Istomin (226) mezbonlar vakili Viktor Durasovich (381)ga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar