15 iyu 14:49
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1348_220.jpg)
Davis Cup. Istomin g'alaba qozondi
Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida bo'lib o'tayotgan O'zbekiston hamda Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi Devis Kubogi bahslarida ikkinchi o'yin yakunlandi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Di Vuga qarshi o'yinda uchrashuv taqdirini 3 setdayoq hal qilib qo'ydi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Istominning ushbu g'alabasi O'zbekiston hamda Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hisob tenglashishini taminladi.
Bungacha Farruh Do'stov raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Devis Kubogi
Denis Istomin - Di Vu (6:4, 6:4, 6:2)
Demak, O'zbekiston hamda Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hisob tenglashdi - 1:1!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar