16 iyu 12:53
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1364_220.jpg)
Davis Cup. O'zbekiston juftlikda Xitoyni mag'lub etib oldinga o'tib oldi
Devis Kubogi doirasida O'zbekiston hamda Xitoy terma jamoalari tennischilari o'rtasida navbatdagi o'yin bo'lib o'tdi.
Juftlik bahslari o'rtasida bo'lib o'tgan o'yinda Denis Istomin hamda Farrux Do'stov juftligi xitoylik Maoxin Gong hamda Je Lilarga qarshi kortga chiqishdi.
Qiziqarli kechgan bahsda vakillarimiz 6:3, 3:6, 6:3, 6:4 (3:1) hisoblarida g'alaba qozonib, O'zbekiston terma jamoasini oldinga o'tib olishini taminladilar.
Demak, ikkinchi kundan so'ng vakillarimiz 2:1 hisobida oldinda bormoqdalar.
Navbatdagi o'yinlar ham ertaga Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida bo'lib o'tadi.
Devis Kubogi
Juftliklar
Istomin/Do'stov - Gong/Li 3:1 (6:3, 3:6, 6:3, 6:4)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar