01 apr 11:00
Yangiliklar
Tennis

"Davis Cup". O'zbekiston Pokistonga qarshi qanday tarkibda o'ynaydi?
6-7 aprel kunlari tennischilarimiz "Devis Kubogi"ning Osiyo/Okeaniya mintaqasi ikkinchi bosqichi doirasida Pokistonda mehmon bo'ladilar.
Vakillarimiz ushbu o'yinlarda qanday tarkibda ishtirok etishlari malum bo'ldi.
Unga ko'ra, jamoa sardori Petr Lebed o'yinlarga quyidagi tennischilarni jalb etgan:
Denis Istomin
Sanjar Fayziev
Jo'rabek Karimov
Humoyun Sultonov
Farrux Do'stov
Malumot uchun, terma jamoalar bungacha ikki marotaba to'qnash kelganlar va ularning har ikkisida ham vakillarimiz g'alaba qozonishgan.
Vakillarimiz ushbu bahslarda g'alaba qozona olsalar, jahon guruhiga qo'shilish uchun o'tkaziladigan pley-off o'yinlarida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar