01 fev 16:34
Yangiliklar

Davis Cup. O'zbekiston - Serbiya 0:2. Istomin ham mag'lub bo'ldi
Mazkur qarama-qarshilikning dastlabki to'qnashuvida hamyurtimiz Sanjar Fayziev hamda raqiblarning birinchi raqamli tennischisi Dushan Layovich o'rtasida bo'lib o'tdi. 1 soat 31 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Layovich 7:6, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bahsda Denis Istomin Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 1 daqiqa davom etgan bahsda Krayinovich 6:2, 6:4 hisobida g'alaba qozondi.
Bugungi bahslar yakuniga ko'ra Serbiya terma jamoasi 2:0 hisobida oldinga o'tib oldi. Yana bir g'alaba ularni muddatdan avval pley-off bosqichiga olib chiqadi.
Ertaga dastlab juftliklar uchrashuvi bo'lib o'tadi. Aynan shu uchrashuv so'nggisi bo'lishi mumkin.
Fikrlar