01 fev 14:40
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/53342_220.jpg)
Davis Cup. O'zbekiston - Serbiya. Sanjar Fayziev ishtirokidagi o'yin yakunlandi
Bugun "Devis Kubogi"ning pley-off bosqichi doirasida O'zbekiston hamda Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlandi.
Mazkur qarama-qarshilikning dastlabki to'qnashuvi hamyurtimiz Sanjar Fayziev hamda raqiblarning birinchi raqamli tennischisi Dushan Layovich o'rtasida bo'lib o'tdi. 1 soat 31 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Layovich 7:6, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
SHu tariqa, O'zbekiston - Serbiya qarama qarshiligida hisob mehmonlar foydasiga ochildi. Malumot uchun, Fayziev jahon reytingida 593, Layovich esa 42-o'rinni egallab turibdi.
Birozdan so'ng Denis Istomin - Filip Krayinovich uchrashuvi start oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar