19 iyu 14:05
Yangiliklar
Tennis

Davis Cup. Pley-off o'yinlaridagi raqibimiz malum!
Xabaringiz bor, o'tgan hafta tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi xitoylik raqiblarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, jahon ligasiga o'tish uchun pley-off o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandilar.
Bugun Londonda ushbu pley-off o'yinlari uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra tennischilarimiz jahon ligasi o'yinlarida ishtirok etish uchun SHveycariya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradilar.
O'yinlar 16-18 sentyabr kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, tennischilarimiz o'tgan mavsumda ushbu bosqichda AQSH terma jamoasi tennischilariga qarshi kurash olib borib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar