22 jan 18:18
Yangiliklar
Tennis

DavisCup. Serbiyaning O'zbekistonga qarshi tarkibi elon qilindi. Jokovich Toshkentga keladimi?
1-2 fevral kunlari Toshkentda "Devis Kubogi"ning pley-off bosqich uchrashuvi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston terma jamoasi ushbu bosqichda Serbiya terma jamoasiga qarshi to'qnash keladi. Serbiya terma jamoasi sardori Nenad Zimonich Toshkentga tashrif buyuradigan tennischilar ro'yxatini malum qildi. 1-2 fevral kunlari o'tkaziladigan o'yinlarda mehmonlar safida Dushan Layovich (46-raketka), Filip Krayinovich (93), Laslo Jere (92), Nikola Miloevich (174) hamda Viktor Troicki (200) harakat qilishi kutilmoqda.
Ko'rib turganingizdek, jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich ushbu tarkibda yo'q. U ayni paytda Avstraliya Ochiq chempionatida o'z yurishini davom ettirmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar