26 sen 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

DAZN va De La Xoyya Kaneloga pul taklif qildi
Kanelo, DAZN kompaniyasi va De La Xoya o'zaro uchrashuv o'tkazishdi.
Uchta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares (53-1-2, 36 KO), DAZN boshqaruv direktori Ed Makkarti va "Golden Boy Promotions" rahbari Oskar De La Xoya uchrashuv o'zaro o'tkazishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar kelishmovchiliklarni muhokama qilishdi. DAZN bokschiga shartnoma shartlarini qayta ko'rib chiqishni taklif qildi. Unga ko'ra, jang uchun Kanelo 20 million dollar oladi. SHu bilan birga bonuslar ham shartnomadan o'rin olgan.
Alvares bu shartnoma bo'yicha hali bir qarorga kelgani yo'q.
Eslatib o'tamiz, meksikalik bokschi sentyabr oyining boshida De La Xoya va DAZN kompaniyasiga qarshi 280 million dollarlik davo arizasi bilan murojaat qilgandi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar