13 noy 14:47
Yangiliklar
Boks/MMA

De la Xoyya: "Agar UFC bo'lmaganida MMA jangchilari ko'proq pul ishlagan bo'lardilar"
Meksikalik sobiq bokschi Oskar de la Xoyyaning fikricha, MMA jangchilari agar promoushenlar bilan shartnoma tuzmaganlarida ko'proq pul ishlagan bo'lardilar.
Oktyabr oyida meksikalik bokschi Saul Alvares DAZN kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuvga ko'ra, Kaneli bitta jang uchun 33 million dollar ishlab topadi. De la Xoyyaning fikricha, agar MMAchilar ham ana shu tarzda shartnoma imzolaganlarida, bundanda ko'proq pul ishlardilar.
"Erkin agentlarning ustunlik tomoni bor. MMAda ajoyib jangchilar ko'p. Masalan, Konor MakGregor. Agar u erkin agent bo'lganida DAZN yoki ESPN+ da ko'proq pul ishlagan bo'lardi. Ammo, UFC boshqacha yo'lni tanlagan", - dedi sobiq bokschi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar