24 dek 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

De la Xoyya Alvaresning keyingi raqibi haqida: "Siz shokka tushasiz"
Saul Alvaresning promouteri Oskar de la Xoyyaning aytishicha, bokschining keyingi raqibi tez kunlarda malum bo'ladi.
"Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat. Keling, bayramlardan zavq olamiz. Alvaresning 2019 yil may oyidagi raqibi nomini elon qilishimizni sabrsizlik bilan kutyapman. Siz shokka tushasiz", - deb xabar qoldirdi Oskar de la Xoyya.
Eslatib o'tamiz, Alvares so'nggi jangini Rokki Fildingga qarshi o'tkazgan va raqibini uchinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar