17 dek 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

De la Xoyya: "Ishonchim komil, Joshua ham Alvares bilan jang qilishni istaydi"
Saul Alvaresning promouteri Oskar de la Xoyyaning fikricha, mijozi bilan ko'plab bokschilar jang qilishni istaydilar.
SHu jumladan, superog'ir vazn toifasi chempioni Entoni Joshua ham.
"Saul nafaqat chidamlilikni, balki korpusda yaxshi ishlay olishini ham namoyish eta oldi. U og'irroq vazn toifasidagi bokschilar bilan ham jang qila oladi. Rokki Fildingga qarshi jang faoliyatidagi qiyin jang demayman. Ammo, yangi vazn toifasi bo'lganligi uchun eng qiyinlaridan biri bo'ldi.
Alvaresga qarshi ko'plab bokschilar jang qilishni istaydilar. Ishonchim komilki, Entoni Joshua ham unga "vyzov" tashlashni istaydi", - dedi de la Xoyya.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar