25 jan 19:03
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/52873_220.jpg)
De Xea "Arsenal"ga qarshi o'yinda MYUga yordam bera olmaydi
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea bugun "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Kubogi 1/16 final uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Malumotlarga ko'ra, ispaniyalik posbon Londonga yo'l olgan futbolchilar orasida yo'q edi. De Xeaning sog'ligi borasida muammo yo'q va unga dam olish kuni taqdim etildi.
"Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs 26 yanvarga o'tar kechasi 00:55da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar