So’nggi yangiliklar

11:21"Насаф" Ўзбекистон МТЖ аъзосига қизиқиш билдирмоқда 0 11:00Ислам Махачев энди икки вазнда UFC чемпиони! UFC 322 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 10:57AND NEEEEEW! Ислам Махачев иккита вазн тоифасида UFC чемпионига айланди! (ВИДЕО) 0 10:01AND STILL! Валентина Шевченко Вейли Жангга ҳеч қандай имкон қолдирмай, чемпионлик камарини ўзида сақлаб қолди! 0 09:32Sofascore. Кечаги учрашув қаҳрамонлари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:11Шон Брэди кетма-кет тўртта ғалабадан кейин илк бор мағлубиятга учради 0 08:50UFC cобиқ чемпиони Леон Эдвардс фаолиятидаги кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди 0 08:26UFC 322. Дариуш ва Сен-Дени жанги бир неча сониягина давом этди 0 07:43Ислом Исмоилов: "Италия билан бир жойда яшаяпмиз. Саудия Арабистони билан ҳам шундай бўлганди" 0 07:01Фурқатбек Ёқубов ва яна икки ҳамюртимиз UAE Warriors 65 турнирида жанг қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 23:25Нажмиддин Қосимхожиев Ар-Риёд-2025 Ислом бирдамлиги ўйинлари вице-чемпионига айланди! 0 22:56ҒАЛАБА! Ўзбекистон U-17 Хорватия ўсмирларини пенальтилар сериясида мағлуб этиб, ЖЧ нимчорак финалига йўл олди! 0 21:18Таэквондочи Жаҳонгир Худойбердиев Жаҳон чемпионатидан сўнг Ислом бирдамлиги ўйинларида совриндор бўлди! 0 19:33Қойил, ҳар икки гроссмейстеримиз ҳам Жаҳон кубоги 1/4 финалига чиқди! 0 18:36VI Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон озарбайжонлик қўл тўпи усталарини икки тўп фарқи билан таслим этди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

30 dek 19:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Dekabr oyida hamyurtlarimiz ishtirokida o'tgan boks va MMA janglari natijalari

Dekabr oyida o'n bir nafar hamyurtimiz o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishdi.

3 dekabr. Filippindagi One on Prime Video 5 MMA kechasi (Manila, "SM Mall of Asia Arena ")

Jasur Mirzamuhammedov (O'zbekiston, 4-1) — Omar Kone (Senegal, 6-4, 2KO) — Og'ir vaznda kechgan 3 raundlik jangda senegallik Omar Kone hakamlar qarori bilan g'olib bo'ldi. Mirzamuhammedovning hisobida ONE FC'da o'tkizilishi kerak bo'lgan yana 4 ta jang qoldi.


8 dekabr. Franciyadagi Ares 10 MMA kechasi (Parij, "Dome de Paris" arenasi)

Azamat Nuftillaev (O'zbekiston, 10-1-1, 7KO) — Moyzesio Brandao (Braziliya, 6-4, 2KO) — Og'ir vaznda o'tkazilgan 3 raundlik jangda hamyurtimiz 3-raundda raqibini nokautga uchratgan holda g'alaba qozondi. Nuftillaev uchun bu mazkur promoushendagi ilk g'alaba bo'ldi.


10 dekabr. Qozog'istondagi Eagle FC 51 MMA kechasi (Atirau)

Nurbek Otar (Qozog'iston, 3-3) — Feruzbek Ishonqulov (O'zbekiston, 1-3) — Eng engil vaznda o'tkazilgan 3 raundlik jangda hamyurtimiz afsuski 2-raundda texnik nokaut bilan mag'lub bo'ldi. Bu jang Ishonqulov uchun Xabib Nurmagomedov egalik qiluvchi Eagle FC ligasidagi debyut jang edi.



10 dekabr. CHechenistondagi ACA Young Eagles 31 MMA kechasi (Tolstoy-Yurt, "Akhmat Fight Club" arenasi)

Islam Konchiev (CHecheniston, 9-3, 2KO) — Lazizxon O'zbekov (O'zbekiston, 5-2) — O'ta engil vaznda kechgan 3 raundlik jangning so'nggi, uchinchi raundida hamyurtimiz referining bahsli qaroridan so'ng sabmishen usulida mag'lub bo'ldi deb topildi;


11 dekabr. Rossiyadagi RCC Boxing kechasi (Ekaterinburg)

Bobousmon Boturov (O'zbekiston, 1-0) — Artyom Pugach (Rossiya, 1-3-2) — Yarimo'rta vaznda kechgan 8 raundlik jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan g'olib deb topildi;




11 dekabr. Birlashgan Arab Amirliklaridagi IBA Pro Series Boks kechasi (Abu-Dabi)

Danis Latipov (Bahrayn, 0-1) — Bahodir Jalolov (O'zbekiston, 12-0) — Og'ir vaznda kechgan 5 raundlik jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz hakamlarning qarori bilan g'olib deb topildi;



11 dekabr. Birlashgan Arab Amirliklaridagi IBA Pro Series Boks kechasi (Abu-Dabi)

Saidjamshid Jafarov (O'zbekiston) — Yoenlis Ernandes (Kuba) — Ikkinchi o'rta vazn (-75 kg)da kechgan 5 raundlik jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz hakamlarning qarori bilan kubalik jahon chempioni mag'lub bo'ldi;



17 dekabr. Rossiyadagi MMA Series 60 kechasi (Moskva, "CMT Moskvy" kongress markazi)

Sergey Bobrishev (Rossiya, 13-3, 8KO) Bobur Qurbonov (O'zbekiston, 13-4) — Yarimo'rta vaznda chempionlik kamari uchun kechgan 5 raundlik jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan hamyurtimiz Bobur Qurbonov g'alaba qozongan holda MMA Series promoushenining yarimo'rta vazn toifasida chempionga aylandi;



18 dekabr. Amerikadagi UFC Fight Night kechasi (Las-Vegas, "UFC Apex" arenasi)

Said Nurmagomedov (Rossiya, 18-2, 4KO reytingda #15) Saidyoqub Qahramonov (O'zbekiston, 10-3, 3KO) — Eng engil vaznda kechgan uch raundlik jang ikkinchi raundda Said Nurmagomedovning g'alabasi bilan yakunlandi. U hamyurtimizni bo'g'ish usuli orqali engdi;


21 dekabr. Qozog'istondagi Octagon MMA kechasi (Almati, "Baylan SHolak" arenasi)

1. 77,1 kg vaznda - Samandar Sattorov (4-1, O'zbekiston) - Erjan Almazbekov (3-0, Qirg'iziston); Samandar Sattorov uch raundga mo'ljallangan mazkur jangning 2-raundida Almazbekovni texnik nokaut orqali mag'lub etdi;

2. 70,3 kg vaznda - Lukas Bento (7-2, Braziliya) - Doston Bozorov (6-1, O'zbekiston); Mazkur jangda hamyurtimiz Doston Bozorov uch raund hisobiga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi;

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing